Bosh sahifa

Akkauntni o'chirish

Hisobingizni TrainerTop saytida yoki ilovasida o'zingiz o'chirishingiz mumkin.

Ilovada qanday o'chiriladi

TrainerTop Android ilovasini oching → Profil → Sozlamalar → pastga tushib "Hisobni o'chirish" tugmasini bosing → chiqqan oynada tasdiqlang.

Saytda qanday o'chiriladi

Saytga kiring → Profil → Sozlamalar → pastga tushib "Xavfli zona" bo'limidagi "Hisobni o'chirish" tugmasini bosing → chiqqan oynada tasdiqlang. Yoki tizimga kirgan bo'lsangiz, shu sahifaning yuqorisidagi tugmadan foydalaning.

Nima o'chiriladi va nima saqlanadi

Ism-sharifingiz, profil rasmingiz va telefon raqamingiz o'chiriladi (shaxsingizni aniqlab bo'lmaydigan holga keltiriladi). Agar trener bo'lsangiz — bio, zal ma'lumotlari va rasmlaringiz tozalanadi, profilingiz boshqalarga ko'rinmay qoladi, darsliklaringiz yangi sotuvlar uchun yopiladi (avval sotib olganlar kirishda davom etadi). Bildirishnoma uchun saqlangan qurilma ma'lumoti (push token) o'chiriladi.

Qonuniy sabablarga ko'ra saqlanadigan narsalar: xaridlar tarixi, trener sharhlari, postlaringiz va yozgan izohlaringiz — bular butunlay o'chirilmaydi, lekin ism-familiyangiz o'rniga "O'chirilgan foydalanuvchi" ko'rsatiladi. Bu moliyaviy hisobot va boshqa foydalanuvchilarning o'z xarid tarixi buzilib qolmasligi uchun zarur.

Hisobingizga qayta kira olmaysiz — bu doimiy va qaytarib bo'lmaydigan amal.

Qancha vaqtda bajariladi

So'rov yuborilgan zahoti, darhol amalga oshiriladi.

Agar trener bo'lsangiz va balansingizda pul qolgan bo'lsa, yoki kutilayotgan pul yechish so'rovingiz bo'lsa — tizim avval shularni hal qilishingizni so'raydi (aks holda kimga qancha pul to'lash kerakligini bilmay qolamiz).

Tizimga kira olmasangiz

Agar hisobingizga kira olmasangiz (parolni unutgansiz, email ishlamay qoldi va h.k.), bizga quyidagilardan biri orqali murojaat qiling: email — Trainertop_support@gmail.com, yoki Telegram — @TrainerTop_Support_Bot. Hisobingizga tegishli ekaningizni tasdiqlash uchun ro'yxatdan o'tgan email manzilingizni ko'rsating — so'rovingizni qo'lda bajarib beramiz.